Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Boşqaruv kadrlarini tayyorlaş yönalişida hamkorlik yölga qöyiladi

12 Noyabr 2026, 22:10

102

IIV akademiyasiga Fransiya Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Oliy tadqiqotlar instituti (IHEMI) vakillari taşrif buyurdi. Taşrif davomida mehmonlarga mamlakatimizdagi Fransiya elçixonasining içki xavfsizlik masalalari böyiça attaşesi Siril Gut hamrohlik qildi.

Uçraşuv oldidan mehmonlar akademiya faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Delegasiya a’zolariga öquv dargohining tarixi va rivojlaniş bosqiçlari, keyingi yillarda amalga oşirilgan keng qamrovli islohotlar, ta’lim jarayonidagi ilğor milliy yondaşuvlar, xalqaro hamkorlik aloqalari, kelgusidagi ustuvor maqsadlar haqida ma’lumot berildi.

Şundan söng ikki tomonlama muloqot ötkazilib, unda manfaatli hamkorlikning asosiy yönalişlari va istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.

Akademiya boşliği delegasiya rahbari Tyeri de Vildni qutlab, Özbekiston – Fransiya örtasidagi döstona aloqalar izçil rivojlanib borayotgani, ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari tufayli munosabatlar strategik şeriklik darajasiga kötarilganini alohida e’tirof etdi. Huquqni muhofaza qiliş sohasida hamkorlikni kengaytiriş zamonaviy tahdid va xatarlar xavfi oşib borayotgan hozirgi şaroitda dolzarb ahamiyat kasb etişini ta’kidladi. 

Uçraşuvda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlaş, boşqaruv kadrlarini tayyorlaşda özaro tajriba almaşiş, professor-öqituvçilar va ta’lim oluvçilar uçun inqirozli vaziyatlarni boşqariş, jamoat xavfsizligini ta’minlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, kibertahdidlarning oldini oliş, raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalari böyiça öquv kurslari taşkil etiş, qöşma ta’lim dasturlarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Öz navbatida, Tyeri de Vild mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlarni alohida qadrlaşini e’tirof etib, samimiy ruhda ötayotgan uçraşuv özaro işonç muhitini yanada mustahkamlaş, hamkorlik aloqalarini çuqurlaştiriş va manfaatli yönalişlarda kengaytirişga xizmat qilişini aytib ötdi.

Aytiş joizki, Fransiya Içki işlar vazirligi huzuridagi Oliy tadqiqotlar instituti ta’lim, ilmiy-tadqiqot va strategik tahlil bilan şuğullanuvçi yetakçi muassasa hisoblanadi. Taşkilotning asosiy vazifasi davlat boşqaruvi, xavfsizlik va adliya sohalarida yuqori malakali rahbar kadrlarni tayyorlaş hamda davlat siyosatini takomillaştirişga ilmiy-amaliy hissa qöşişdan iborat.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech