Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Şonli tarix va milliy ğurur timsoli

12 Noyabr 2026, 22:04

102

Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Içki işlar vazirligi akademiyasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bölib ötdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda ötkazilgan tadbirda ziyolilar, adabiyot va san’at namoyandalari, akademiya professor-öqituvçilari va kursantlar iştirok etdi.

Ta’kidlanganidek, ona Vatanimiz bayroği har birimiz uçun aziz va mötabar. Uning mağrur hilpiraşi qalbimizga ğurur bağişlab, tinçlik, hurlik va bugungi farovon kunlar qadrini yanada teranroq his etişga undaydi. Yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ular qalbida ona yurtga muhabbat va sadoqat tuyğularini mustahkamlaşda davlat ramzlari, ayniqsa davlat bayroğining örni beqiyos.

Tadbirda milliy bayroğimizning mustaqil davlatçiligimiz tarixidagi örni, xalqimizning boy ma’naviy merosi va ezgu maqsadlarini ifodalovçi timsol sifatidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Vatan va istiqlolni tarannum etuvçi şe’rlar, taniqli san’atkorlar ijrosidagi taronalar barçaga kötarinki kayfiyat bağişladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech