Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Boşqaruv kadrlarining salohiyati islohotlar şiddati va talabiga mos bölişi kerak

7 Noyabr 2026, 20:33

17

IIV akademiyasi boşliği magistraturaning “taşkiliy-taktik boşqaruv” va “taşkiliy-strategik boşqaruv” mutaxassislik yönalişlarida ta’lim olayotgan tinglovçilar bilan muloqot qildi.

Uçraşuv mamlakatimiz içki işlar organlari tizimida keçayotgan izçil islohotlarning dolzarb talablarini yetkaziş, kadrlarning boşqaruv salohiyatini oşiriş, ta’lim jarayoni bilan boğliq ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlaş maqsadida taşkil etildi.

Aytiş joizki, yangilanayotgan Özbekistonda rahbar kadrlar jamiyat hayotining har bir jabhasida muhim tayançga aylanib bormoqda. Ilğor bilim va dunyoqaraşga ega böliş, strategik fikrlaş, boşqaruvning samarali yondaşuvlarini qöllaş, xalq bilan muvaffaqiyatli işlay oliş rahbarlar oldidagi dolzarb talabdir. Uşbu mezonlar barça sohalar qatori içki işlar organlari tizimida ham natijadorlikni belgilovçi asosiy omil bölmoqda.

Akademiya boşliği Prezidentimiz taşabbusi bilan taşkil qilingan magistratura faoliyatiga töxtalar ekan, tizim uçun yangi avlod rahbar kadrlarini tayyorlaş eng ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. Ana şu maqsadda ta’lim sifati va mazmuni tinglovçilarning bilim va könikmalari, boşqaruv fazilatlari, şaxsiy kompetensiyalarini oşirişga qaratilganini qayd etdi.

Bugungi islohotlar davrida soha faoliyatiga ilğor yondaşuv va yangiça iş uslublari keng joriy qilinayotgani, tinglovçilar zarur bilim va malakaga ega böliş barobarida, öz ustida puxta işlaşi, rahbarlik salohiyatini östirib borişi, bir söz bilan aytganda, har qanday şaroitda ham mas’uliyatni zimmasiga olişga qodir kadr bölib yetişişi zarurligi aytildi.

Şuningdek tadbirda davlatimiz rahbarining “Içki işlar organlari uçun professional kadrlarni tayyorlaş tizimini transformasiya qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga ham alohida töxtalib ötildi. Mazkur qaror bilan magistraturada ta’lim yönalişlari köpaytirilib, öquv dasturlari amaliyotdagi dolzarb muammolarning yeçimlariga qaratilgan yangi mexanizm va fanlar bilan boyitilayotgani, hududlarda boşqaruv samaradorligini oşiriş maqsadida Rahbar kadrlarni baholaş va malakasini oşiriş ofisi taşkil etilayotgani ta’kidlab ötildi.

Muloqot davomida boşqaruvga oid eng muhim tamoyillar, tinglovçilar bilişi va amal qiliş lozim bölgan rahbariy qoidalar yuzasidan tavsiyalar berildi. Yiğilganlarga joriy öquv yilida belgilab olingan asosiy maqsad körsatkiçlari va xizmat intizomiga qöyilgan talablar yetkazildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech