Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Dolzarb takliflar bildirildi

18 Noyabr 2026, 21:47

35

Hozirgi zamonda yuzaga kelayotgan zamonaviy tahdid va xatarlar jinoyat qonunçiligini takomillaştirib borişni taqozo etmoqda.

IIV akademiyasida ötkazilgan konferensiya qonun normalarini qöllaş amaliyotini tahlil qiliş va mavjud muammolarga ilmiy-amaliy jihatdan yeçim topişga qaratilgani bilan dolzarb ahamiyat kasb etdi.

Anjumanda Odil sudlov akademiyasi, “Ijtimoiy fikr” respublika markazi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi, Bojxona instituti, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş instituti, Kriminologiya tadqiqot instituti hamda akademiya vakillari qatnaşdi.

Sözga çiqqanlar axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar uçun javobgarlikni takomillaştiriş, sun’iy intellekt davrida kiberxavfsizlik va aholining raqamli savodxonligini oşiriş, kiberjinoyatlarni kvalifikasiya qilişdagi muammolar, sun’iy intellekt texnologiyalari bilan boğliq jinoyatlarning huquqiy tavsifi, tergov sudyasi institutining sud nazoratidagi örni hamda boşqa mavzularda ma’ruza qildi.

Olimlar va soha mutaxassislarining mulohazalari asosida qonun ijodkorligi va huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştirişga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar işlab çiqildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech