Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Dolzarb vazifalar ijrosi ta’minlanmoqda

2 Oktyabr 2026, 22:12

36

IIV akademiyasi ishchi guruhi vakillari Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida bo‘lib, “qizil” toifadagi mahallalarda o‘rganishlar olib bordi.

Xizmat safari davomida ichki ishlar vazirining joriy yil 8-sentyabrdagi farmoyishi asosida mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirishga qaratilgan ishlarni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.  

Xususan, mas’ullar bilan birgalikda “Ko‘ksaroy”, “Novja”, “Tamabahrin” va “Yangi” mahallalariga chiqilib, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar tahlil qilindi. Shundan kelib chiqib, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, oilalardagi ijtimoiy-maishiy muhitni yaxshilash, alohida toifadagi shaxslar bilan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, aholi muammolarini hal qilish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

 Gavjum joylar va “jinoyat o‘choq”lari sifatida belgilangan hududlarda aholi uchun xavfsiz muhitni yaratish, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan kuch-vositalar faoliyatini kuchaytirish, kameralashtirish va texnik qo‘riqlovga olish qamrovini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, tezkor qidiruv va tergov faoliyati bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, jinoyatlarni aniqlash, fosh etish hamda tergov qilishda qonuniylikni ta’minlash, zamonaviy va samarali usullarini amaliyotga keng joriy etish, idoralararo hamkorlikni yanada kuchaytirish borasida tegishli vazifalar belgilab olindi.

Hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech