Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Globallaşuv jarayonida inson huquqlari kafolatlari

26 Noyabr 2026, 19:39

12

Bugungi raqamli transformatsiya şaroitida inson huquqlarini himoya qilişning huquqiy va institutsional mexanizmlarini takomillaştiriş dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

IIV akademiyasida “Fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari: transmilliy muammolar va ularni hal etiş mexanizmlari” mavzuyida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bölib ötdi.

Videokonferensaloqa şaklida ötkazilgan tadbirda Odil sudlov akademiyasi, Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi, Toşkent davlat yuridik universiteti, Urganç davlat universiteti vakillari, huquqşunos olimlar, mutaxassislar, professor-öqituvçilar va ta’lim oluvçilar iştirok etdi.

Globallaşuv va raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanişi inson huquqlarini himoya qiliş sohasida yangiça yondaşuvlarni talab etmoqda. Konferensiyada fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş, mulk va mehnat huquqlari kafolatlarini mustahkamlaş, ta’lim olişda teng imkoniyatlarni ta’minlaş, bu borada xalqaro huquq normalarini qöllaşning dolzarb jihatlariga e’tibor qaratildi.

Sözga çiqqanlar “Nogironligi bölgan şaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlarini ta’minlaşning dolzarb masalalari”, “Globallaşuv şaroitida mulk huquqini himoya qilişning dolzarb muammolari”, “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar töğrisidagi xalqaro paktning ta’lim oliş huquqini ta’minlaşdagi örni va ahamiyati”, “Ijtimoiy ta’minotga oid axborotni transçegaraviy almaşişda şaxsga doir ma’lumotlarni himoya qiliş masalalari”, “Raqamli iqtisodiyot şaroitida fundamental mehnat huquqlarini ta’minlaşning zamonaviy tendensiyalari” kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar qildilar.

Raqamli transformasiya şaroitida inson huquq va erkinliklarini ta’minlaş, raqamli inklyuziyani rivojlantiriş, sohaning huquqiy va institusional mexanizmlarini takomillaştiriş hamda boşqa dolzarb yönalişda takliflar bildirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech