Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Ilg‘or xorijiy tajriba – zamonaviy ta’limning muhim jihati

2 Oktyabr 2026, 22:53

40

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ta’lim olayotgan tinglovchilar ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida Qatar davlatida bo‘ldi.

Xorij safarida jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashishda qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar, zamonaviy xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha eng ilg‘or tajribalar o‘rganildi.                                                                      

O‘zaro manfaatli hamkorlik doirasida tashkil etilgan mashg‘ulotlar davomida qatarlik mutaxassislar tomonidan kibertahdidlarni bartaraf etish, ochiq manbalar asosida ma’lumotlarni izlash va tahlil qilish, blokcheyn va kriptovalyutalar bilan bog‘liq noqonuniy operatsiyalarni aniqlash, moliyaviy firibgarliklarni fosh etish, shubhali tranzaksiyalarni kuzatish hamda jinoiy daromadlarni legallashtirish holatlarini hujjatlashtirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Shu bilan birga, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda kriminogen xavflarni baholash va tahlil qilish, jinoyatchilikka qarshi samarali kurashish, raqamli texnologiyalar yordamida jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida yo‘lga qo‘yilgan eng so‘nggi yutuqlar o‘rganildi.

O‘quv kursi yakunida politsiya akademiyasi boshlig‘i Naif Muhammad Al-Manai O‘zbekiston va Qatar Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy samarasini e’tirof etib, hozirgi global sharoitda tajriba almashinuvini kuchaytirish va kadrlar salohiyatini oshirib borish muhimligi alohida ta’kidladi. Tinglovchilarga maxsus sertifikatlarni topshirdi.

Xorij safari kiberxavfsizlik, raqamlashtirish, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech