Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Maşğulotlar yangi markazda ötkazilmoqda

9 Noyabr 2026, 18:49

62

Qarşi davlat texnika universitetida viloyat içki işlar xodimlarining raqamli savodxonligi va kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş salohiyatini oşirişga qaratilgan maşğulotlar taşkil etilmoqda.

Aytiş joizki, öquv kurslarini zamonaviy yondaşuvlar asosida taşkil etiş maqsadida universitet qoşida öquv markazi faoliyati yölga qöyilib, zarur texnik vositalar va kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi.

Öquv kurslarida axborot xavfsizligini ta’minlaş, kiberjinoyatlarning oldini oliş, ularni barvaqt aniqlaş va foş etiş, raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalaniş, raqamli dalillar bilan işlaş böyiça maşğulotlar ötkazilmoqda. Maşğulotlar universitet va Içki işlar vazirligi akademiyasi professor-öqituvçilari, tajribali mutaxassislar tomonidan interfaol yondaşuvlar asosida olib borilmoqda.

Ta’kidlaş kerakki, öquv kurslari oldidan universitetda Qaşqadaryo viloyat Içki işlar boşqarmasi mutasaddilari, şahar va tuman içki işlar organlari rahbarlari, akademiya vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirokida matbuot anjumani ham taşkil etildi.

Anjumanda raqamli texnologiyalar yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarga qarşi kuraşiş va kiberprofilaktika yönalişida amalga oşirilayotgan keng qamrovli çora-tadbirlar haqida axborot berildi. Şu bilan birga, akademiya vakillari tomonidan kibermakondagi tahdidlar, ularning yangi körinişlari, kiberxavfsizlikni ta’minlaşning zamonaviy usullari tuşuntirilib, öquv kurslarining dolzarb ahamiyati aytib ötildi.

Bir söz bilan aytganda, hamkorlikda taşkil etilayotgan maşğulotlar soha xodimlarning raqamli savodxonligini oşiriş, kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş böyiça bilim hamda könikmalarini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech