Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Muzeylar o‘tmishdan saboq beradi

5 Oktyabr 2026, 21:14

37

Har bir millat tarixi bilan tirik. O‘tmishdan saboq olish yoshlarni milliy o‘zlikni anglashga, qadriyatlarni asrab-avaylashga, Vatan tuyg‘usi bilan yashashga da’vat etadi.

Ana shu maqsadda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari uchun poytaxtimizdagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida ma’rifiy tadbir uyushtirildi.

Tadbir davomida ular tariximizning eng mash’um yillari mustabid tuzum qatag‘oniga uchragan, nohaq ayblangan, turli bo‘htonlar bilan qamalgan, surgun qilingan va otib tashlangan yurtdoshlarimizning ayanchli qismatidan hikoya qiluvchi arxiv materiallari bilan tanishdilar.

Yoshlarga qatag‘on yillari fojialarining asl sabablari, o‘chmas asoratlari, istiqlol, hurlik va ma’rifat yo‘lida jonini fido qilgan ziyolilarning hayoti, ulkan ma’naviy jasorati, ular haqidagi tarixiy fakt va haqiqatlar so‘zlab berildi.

Keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida tarixiy adolatni tiklash, millatimiz fidoyilarining xotirasini abadiylashtirish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani, qatag‘on qurbonlarining faoliyatini chuqur o‘rganish bugungi va kelgusi avlodlar oldidagi insoniy burch ekanligi tushuntirib o‘tildi.

Tadbir davomida kursantlar milliy o‘zlik, mustaqillik, tinchlik, farovonlik singari tushunchalarning asl mohiyatini, qadrini yana bir karra teran his etdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech