Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

O‘quvchilar zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ldi

8 Oktyabr 2026, 20:17

88

Favqulodda vaziyatlarda insonning xavfsizligi ko‘p jihatdan uning tayyorgarligi, tezkor fikrlashi va to‘g‘ri harakat qilishiga bog‘liq. Ayniqsa, bunday ko‘nikmalarni yoshlikdan shakllantirish muhim ahamiyatga ega.

Yoshlar kuni munosabati bilan poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 121-umumta’lim maktabida tashkil etilgan o‘quv-amaliy tadbir ayni shu maqsadga qaratildi.

IIV akademiyasining jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga ekstremal vaziyatlarda xavfsizlik qoidalariga rioya etish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni baholash hamda murakkab sharoitlarda to‘g‘ri harakatlanish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Amaliy mashg‘ulotlarda yoshlar qutqaruvchilar uchun mo‘ljallangan mobil o‘quv minorasi, maxsus to‘siqlar majmuasi va jismoniy trenajyorlardan foydalanib, balandlikda harakatlanish, to‘siqlarni yengib o‘tish hamda tog‘-qutqaruv sharoitiga oid mashqlarni bajardilar.

Tadbir yoshlarga jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash hamda ekstremal vaziyatlarda zarur bo‘ladigan dastlabki amaliy ko‘nikmalarni egallash imkonini berdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech