Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Talabalar kursantlar hayoti bilan tanishdi

5 Mart 2026, 20:36

83

Ichki ishlar vazirligi akademiyasidagi ta’lim jarayonlari ko‘pchilik, ayniqsa tengqurlari ushbu maskanda o‘qiyotgan yoshlar uchun juda qiziq.

Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni”da O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari akademiya mehmoni bo‘ldi.

Saf maydoni, o‘quv binolari, tezkor-tergov guruhlari uchun mo‘ljallangan transport vositalari, harbiy va jangovar-jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan majmualar, axborot-resurs markazi, kursantlar yotoqxonasi va boshqa joylar bo‘ylab uyushtirilgan sayohat mehmonlar uchun maroqli bo‘ldi.

Ularga maskanning shonli tarixi, rivojlanish bosqichlari, keyingi yillarda ichki ishlar organlari uchun professional kadrlar tayyorlash yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, akademiya ta’lim jarayonlariga tatbiq qilingan zamonaviy yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida yosh avlodning vatanparvarlik fazilatlarini yuksaltirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazilib, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlashda ichki ishlar organlari xodimlarning o‘rni, insonning ona Vatani oldidagi burch va mas’uliyati haqida mulohazalar bildirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech