Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Terrorizmga qarşi kuraşda ilğor yondaşuvlar

19 Noyabr 2026, 19:26

125

IIV akademiyasida Buyuk Britaniya elçixonasi hamda “Teç Against Terrorism” xalqaro taşkiloti bilan hamkorlikda qisqa muddatli öquv kursi taşkil etildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda terrorizmga oid kontentlarga qarşi kuraşişda ilğor tajribalarni almaşiş maqsadida taşkil etilgan maşğulotlarga amaliyot organlari xodimlari hamda akademiya professor-öqituvçilari jalb qilindi.

Öquv kursi doirasida xalqaro taşkilot mutaxassisi Ifa Xasbend tomonidan internetdagi oçiq manbalardan axborot oliş, ularni tahlil qiliş, terroristik va ekstremistik materiallarni aniqlaş, ma’lumotlarning işonçliligini tekşiriş, “Trusted Flagger” platformasidan foydalaniş, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi raqamli identifikatorlar bilan işlaş, terrorizmga qarşi kuraşda sun’iy intellekt texnologiyalarini qöllaş böyiça ma’lumot berildi.

Maşğulotlar içki işlar organlari xodimlarning kasbiy salohiyatini oşiriş, terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşda xalqaro tajribani örganiş, soha uçun malakali kadrlar tayyorlaşda muhim ahamiyat kasb etdi.

Aytiş joizki,“Teç Against Terrorism” internet tarmoğidan terroristik va ekstremistik maqsadlarda foydalanişga qarşi kuraşişga ixtisoslaşgan xalqaro taşkilot bölib, BMTning Terrorizmga qarşi kuraşiş qömitasi Ijroiya direktorati (UN CTED) kömagida taşkil etilgan.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech