IIV akademiyasida yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularning içki işlar organlari tizimiga bölgan qiziqişini oşiriş maqsadida “Oçiq eşiklar kuni” taşkil qilindi.
Tadbirga poytaxtimizdagi Içki işlar vazirligining 1-son akademik liseyi hamda Sirdaryo viloyatidagi “Silver Study” nodavlat ta’lim muassasasi öquvçilari taklif qilindi.
Şu kuni öquvçilar akademiyadagi öquv jarayonlari, kursantlar uçun yaratilgan zamonaviy şaroitlarni közdan keçirdilar. Axborot-resurs markazi, öquv xonalari, saf maydoni, jangovar-jismoniy va harbiy tayyorgarlik majmualari, mobil laboratoriyalar, kursantlar yotoqxonasi bilan tanişuv ularda katta qiziqiş uyğotdi.
Yoşlar bilan muloqot çoğida akademiyaga kiriş imtihonlari, bölajak nomzodlarga qöyilgan talablar, ta’lim jarayoniga tatbiq qilingan yondaşuvlar, iqtidorli kursantlar erişayotgan yutuqlar haqida ma’lumot berildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati