IIV akademiyasining Harbiy tayyorgarlik kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Tohir Sarmanov ilmiy ishini himoya qildi.
U siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun “O‘zbekiston Respublikasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan davlat siyosati (ijtimoiy va institutsional jihatlar)” mavzuida tayyorlagan dissertatsiyasini Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda muvaffaqiyatli yoqladi.
Hamkasbimizni ilmiy-pedagogik faoliyatidagi yutug‘i bilan tabriklaymiz!
IIV akademiyasi Axborot xizmati