IIV akademiyasining Xizmat psixologiyasi va kasbiy madaniyati kafedrasi o‘qituvchisi, leytenant Azizjon Qodirqulov ilmiy ishini himoya qildi.
U psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlarining kontrproduktiv xatti-harakatlari profilaktikasining ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarini takomillashtirish” mavzusida tayyorlagan dissertatsiyasini O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda muvaffaqiyatli yoqladi.
Hamkasbimizni ilmiy-pedagogik faoliyatidagi yutug‘i bilan tabriklaymiz!
IIV akademiyasi Axborot xizmati