Ichki ishlar vazirligiga qarashli O‘quv-dala markazida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Yosh avlodning intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida tashkil qilingan bahsda IIV akademiyasining 1-bosqich kursantlaridan iborat jamoalar o‘zaro bellashdi.
Bilimlar bahsida tarix, adabiyot, huquq va boshqa qiziqarli sohalarga oid 20 ta savol o‘ynaldi. Kursantlar sog‘lom va do‘stona raqobat muhitida o‘z bilimdonliklari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, topqirliklarini namoyon etdilar.
Tadbir yakunida kursantlar qizlardan tarkib topgan “To‘maris” jamoasi birinchi, “Bilimdon” jamoasi ikkinchi va “Turkiston” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati