Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Bitiruvoldi imtihonlar boshlandi

03 Iyun 2025, 09:06

130

IIV akademiyasi kunduzgi ta’lim 3-o‘quv kursi kursantlari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari boshlandi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda IIV sohaviy xizmatlari vakillari, akademiya rahbariyati, imtihonlarga jalb qilingan professor-o‘qituvchilar va bitiruvchilar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha buyruqlar o‘qib eshittirildi. Komissiya raislari va a’zolariga ta’lim sifati va samadorligini oshirish, tizim uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasidagi dolzarb talablar yetkazildi.

Shu kunning o‘zida dastlabki imtihonlar boshlandi. 25-iyunga qadar kursantlar ixtisoslik, ichki ishlar organlari xodimlarining kasb madaniyati va xizmat intizomi hamda yuristlar uchun xorijiy til fanlari bo‘yicha imtihon topshirib, malakaviy bitiruv ishlarini himoya qiladilar.

Aytish joizki, joriy yil akademiya kunduzgi ta’lim bakalavriatini 8 ta ixtisoslik yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tamomlaydi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech