Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Bo‘lajak psixologlar bellashdi

21 May 2026, 19:54

52

IIV akademiyasida “xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qiyotgan kursantlar uchun viktorina tashkil etildi.

Yoshlarning kasbiy qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, soha uchun yuqori malakali psixolog kadrlar tayyorlash tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad bo‘ldi.

“Savol-javob”, “Detektiv savollar” va “Intellektual topshiriq” shartlari bo‘yicha o‘tgan musobaqa kursantlarning nazariy bilimi, dunyoqarashi, mantiqiy fikrlashi, terkor vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi. Qiziqarli bellashuv yakunida “Amaliyotchi psixologlar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech