Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Maqsad – tizim samaradorligini oşiriş

24 Noyabr 2026, 12:58

37

Şu kunlarda Içki işlar vazirligi akademiyasi işçi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyatining Yangiyer şahrida örganişlar olib borilmoqda.

Ma’lumki, içki işlar vazirining joriy yil 8-sentyabrdagi farmoyişida mahallalarda xavfsiz muhitni şakllantiriş, kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş, aholi osoyiştaligini ta’minlaş, tizim faoliyatiga zamonaviy yondaşuvlarni samarali joriy etiş borasida qator vazifalar belgilab berilgan.

Mazkur farmoyiş ijrosi doirasida amalga oşirilayotgan örganişlar davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlaş, jinoyatlarni foş etiş va tergov qiliş, yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş, hududlarni kameralaştiriş hamda boşqa yönalişdagi işlar tizimli örganilmoqda.

Xususan, işçi guruh tomonidan “qizil” toifadagi “Navrözobod”, “Davlatobod” mahallalarining kriminogen vaziyati örganilganda, eng köp huquqbuzarliklar ijarada turuvçi şaxslar tomonidan sodir qilinayotgani ma’lum böldi. Şundan kelib çiqib, “xonadonbay”, “fuqarobay” tizimda profilaktik işlarni kuçaytiriş, alohida toifadagi şaxslarni nazoratga oliş yuzasidan zarur çora-tadbirlar belgilab olindi.

“Abdurahmon Jomiy” mahallasida “mahalla yettiligi” vakillari bilan uçraşuv ötkazilib, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir körsatayotgan omillar, huquqbuzarliklarning sabab va şaroitlari muhokama qilindi. Mahallani jinoyatdan xoli hududga aylantiriş maqsadida aholi muammolarini muntazam örganib boriş, ijtimoiy profilaktikani kuçaytiriş, oilalardagi muhitni soğlomlaştiriş borasida mas’ullarga amaliy tavsiyalar berildi.

Şu bilan birga, işçi guruh tomonidan tergov-tezkor guruhi, yöl harakati xavfsizligi, patrul-post va qöriqlaş xizmati xodimlarining tungi xizmat faoliyati tekşirilib, hududlarda aholi osoyiştaligini ta’minlaş, jamoat tartibini saqlaş, jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş, çaqiruvlarga tezkorlik bilan munosabat bildiriş, kuç va vositalarni samarali taqsimlaş yönalişidagi işlar örganildi.

Yangiyer şahar hokimligi, içki işlar va boşqa mutasaddi taşkilotlar hamkorligida sayyor qabul ötkazilib, uyuşmagan yoşlar, işsiz va probasiya nazoratida turgan şaxslarning bandligi ta’minlaş çoralari körildi.

Ayni kunlarda mas’ullar bilan birgalikda, mahallalarning öziga xos xususiyatidan kelib çiqib hudud tajribalarini yaratiş, profilaktika işlari natijadorligini oşiriş, aholi muammolarini manzilli hal qiliş, kriminogen omillarni bartaraf etiş, fuqarolar örtasida huquqiy tarğibot tadbirlarini tizimli taşkil etiş borasida izçil işlar amalga oşirilmoqda.
IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech