Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Boshqarma boshlig‘i bilan muloqot

12 Fevral 2026, 17:36

115

IIV akademiyasida “Muloqot” klubi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirga Jamoat xavfsizligi departamentining Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Azamat O‘roqov taklif etildi.

Uchrashuvda ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga tortilgan shaxslar bilan ishlash, mazkur faoliyatning tashkiliy-huquqiy asoslari, jinoyatchilikning barvaqt oldini olishda probatsiya nazoratining ahamiyati, profilaktika inspektorining asosiy vazifalari haqida so‘z bordi.

Kursantlar ixtisoslik fanlari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlab, muammoli holatlarni hal qilish, nostandart vaziyatlarda qonun doirasida harakatlanish, kasbiy ko‘nikmalarni oshirib borish yuzasidan tavsiyalar oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech