Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

“Botirma” xavfsiz mahallaga aylanadi

23 Mart 2026, 21:21

97

“Poytaxt namunasi” asosida mahallalarda xavfsiz muhit yaratishda ilmiy yondashuvlar ham keng joriy qilinmoqda.

Chilonzor tumanining “Botirma” mahallasida 7 mingga yaqin aholi, 34 ta ko‘p qavatli uy mavjud. IIV akademiyasi vakillarining o‘rganishlari natijasida kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan 8 ta “jinoyat o‘chog‘i” aniqlangan.

Bu borada amalga oshirilishi belgilangan manzilli chora-tadbirlar doirasida hududlarga 8 ta zamonaviy kamera, 53 ta tashvish tugmasi, 8 ta tungi yoritgich o‘rnatildi. Qo‘shimcha 21 ta patrullik yo‘nalishi tashkil qilinib, jamoat xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirildi.

“Mahalla yettiligi” tizimi vakillari bilan birgalikda 700 dan ortiq xonadon o‘rganilib, qo‘shimcha 41 ta ijtimoiy profilaktika obyekti aniqlandi. Aholining huquqiy madaniyatini oshirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida mahalla targ‘ibotchilari ishtirokida 400 ga yaqin targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

– Maqsadimiz ishni raqamlarda ko‘rsatish emas, aksincha mahalla ahli uchun chinakam xavfsiz muhit yaratish, bitta jinoyatni bo‘lsa ham, barvatq oldini olishdir. Buning uchun “mahalla yettiligi”, faollar, barchamiz birgalikda ish olib borayapmiz, – deydi IIV akademiyasi ishchi guruhi rahbari, polkovnik Baxtiyor Rajabov.

Umuman, mahallada amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar aholi muammolarini o‘rganish, ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish, jinoyatchilikni jilovlashga xizmat qilmoqda. Obod va xavfsiz mahallada esa yurtdoshlarimiz farovon turmush kechiradi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech