Poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida buyuk ajdodimiz tavalludining 690 yilligi keng nishonlandi.
Qutlug‘ sana munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda keng jamoatchilik vakillari qatori IIV akademiyasi xodimlari va kursantlari ham qatnashdi.
Sir emaski, Amir Temurning mardligi, ulkan matonati va jasorati, adolat va donishmandlikka tayangan boshqaruv strategiyasi harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun o‘ziga xos maktabdir.
Ona yurtimizdan shunday ulug‘ zotning yetishib chiqqani yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular qalbida vatanparvarlik, fidoyilik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qilishi, shubhasiz.
Tadbir davomida Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom ko‘rsatilib, haykali poyiga gullar qo‘yildi. Kursantlar Temuriylar tarixi davlat muzeyini tomosha qilib, noyob eksponatlarni tomosha qilishdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati