Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Dolzarb vazifalar belgilab olindi

28 Yanvar 2026, 22:01

29

IIV akademiya boshlig‘i Rustam Xatamov poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda bo‘ldi.

O‘rganishlar davomida Prezidentimizning joriy yil 5-yanvardagi mahallalarda xavfsiz muhit yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qarori yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Ishchi guruh vakillari dastlab tuman hokimligida tashkil qilingan Respublika idoralararo tezkor shtabi faoliyati bilan tanishdi. Mas’ullar tomonidan xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha joriy qilingan yangi tajriba haqida ma’lumot berildi. Hududlarda kunu tun jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik haqidagi xabarlarga tezkor munosabat bildirish, kuch va vositalarni oqilona boshqarish orqali kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishda erishilayotgan natijalar tahlil qilindi.

Shundan so‘ng davlatimiz rahbari qarorining ijrosi bo‘yicha “Novza” va “Bekto‘pi” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Akademiya boshlig‘i “mahalla yettiligi” vakillari bilan muloqot qilib, qarorda ko‘zda tutilgan ustuvor vazifalarga to‘xtaldi. Mas’ullarning axborotini tinglab, ishni yangicha tizim asosida samarali tashkil etish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.

Uchrashuvlar chog‘ida mahallalarning kriminogen vaziyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni o‘rganish, ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish, oila-turmush doirasida hamda ayollar va yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning barvaqt oldini olish, aholi bilan ishlash yo‘nalishida qilinayotgan ishlar tahlil qilindi. Choraklik “yo‘l xarita”larda belgilangan chora-tadbirlar va ularning ijrosiga e’tibor qaratildi.

Akademiya boshlig‘i davlatimiz rahbari qarori mahalla hayotiga daxldor barcha muammolarni hal qilishda mas’uliyat va javobgarlik hissini yanada kuchaytirganini ta’kidlab, mas’ullar, “yettilik” tizimi xodimlari hamda akademiyadan biriktirilgan ishchi guruh vakillariga bir qator vazifalarni belgilab berdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech