Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Dolzarb vazifalar belgilab olindi

13 Avgust 2026, 16:58

68

IIV akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov Chilonzor tumanidagi “Beshyog‘och” mahallasining kriminogen vaziyati bilan tanishdi.

O‘rganishlar avvalida mas’ul rahbarlar va akademiya vakillari ishtirokida aholi uchun xavfsiz muhit yaratish, jamoat joylarida osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikni keskin kamaytish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida salmog‘i yuqori jinoyatlar, ayniqsa bezorilik bilan bilan holatlarga e’tibor qaratildi. Jamoat joylarida xavfsizlik choralarini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida profilaktik tadbirlar qamrovini oshirish orqali bu turdagi jinoyatlarning barvaqt oldini olish, ularning asl omillarini ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, poytaxt ahli uchun xavfsiz va barqaror muhitni yaratish zarurligi qayd etildi.

Shundan so‘ng akademiya boshlig‘i mahalla hududida joylashgan aholi gavjum maskanlarni ko‘zdan kechirdi. Mas’ullarga ko‘ngilochar obyektlarda kriminogen vaziyatni kunu tun nazorat qilish, “102” shoshilinch raqami orqali kelib tushgan xabarlarga zudlik bilan munosabat bildirish, tashvish tugmalari va kameralarning soz holatda ishlashini ta’minlash, hududlarga qo‘shimcha kuch va vositalarni jalb qilish borasida topshiriqlar berdi.

Shu kuni Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarga tayyorgarlik jarayonlari ham muhokama qilindi. Mahalladagi ko‘chalar, xiyobon va dam olish go‘shalarida jamoat tartibini saqlash, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi ta’kidlandi.

Manzilli o‘rganishlar yakunida o‘tgan olti oy davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, bir qator vazifalar belgilab olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech