Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Dual ta’lim imkoniyatlari muhokama qilindi

30 Mart 2026, 18:28

100

IIV akademiyasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus va Rossiyaning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda xalqaro davra suhbati o‘tkazildi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tgan tadbirda dual ta’lim jarayonida amaliyotga yo‘naltirilgan komponentlarni integratsiya qilish modellari yuzasidan fikr almashildi.

Davra suhbatida ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashda dual ta’lim tizimidan samarali foydalanish, bu borada xalqaro tajribaning ilg‘or jihatlarini o‘rganish va amaliyotga joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Mavzu doirasida Rossiya Federatsiyasi IIV Omsk akademiyasi, Voronej instituti, Sibir yuridik instituti, Qozog‘iston Respublikasi IIV Olmaota akademiyasi, shuningdek Qirg‘iziston va O‘zbekiston IIV akademiyalari vakillarining dolzarb mavzudagi chiqishlari tinglandi.

Muhokamalar yakunida dual tizimda o‘qitish samaradorligini oshirish, professor-o‘qituvchilar va amaliyot murabbiylarining malakasini oshirish, ilg‘or tajribalar bo‘yicha trening mashg‘ulotlarini tashkil etish, turdosh o‘quv muassasalari o‘rtasida amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech