Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahridagi 1-son akademik litseyida “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda ichki ishlar organlari faxriylari, Mirzo Ulug‘bek tumani “Avayxon” mahallasi vakillari, litsey o‘quvchilari hamda IIV akademiyasi kursantlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida xalqimizning mardlik va fidoyilik an’analari, Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasi haqida so‘z yuritildi. Faxriylar yoshlarni tarixdan saboq olish, tinchlik qadrini bilish va yurtga sadoqatli bo‘lishga chaqirdi.
Bunday uchrashuvlar yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati