Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yoshlar tarbiyasidagi muammolarga yechim izlandi

15 May 2026, 19:30

56

IIV akademiyasining Xizmat psixologiyasi va kasbiy madaniyati kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada dolzarb masala muhokama qilindi.

Anjumanda bugungi globallashuv davrida yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularni zamonaviy tahdid va xatarlardan asrash, barkamol avlod etib voyaga yetkazish, bu boradagi ustuvor yo‘nalishlar, mavjud muammolarning yechimlari xususida fikr almashildi.

So‘zga chiqqanlar yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sirlar ko‘payib borayotgan bir sharoitda ularni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kasbiy yo‘naltirish, kadrlar tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish, yoshlar bilan ishlashning samarali mexanizmlarni amaliyotga tatbiq etish muhimligini ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbir davomida olimlar va soha mutaxassislarining “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida yoshlarni tarbiyalashda kompetensiyaviy yondashuv”, “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va deviant xulqning oldini olish”, “Mahalla, oila va ta’lim muassasalari hamkorligining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati” hamda boshqa mavzudagi ma’ruzalari tinglandi.

Shuningdek anjumanda huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun kadrlar tayyorlash masalasiga ham e’tibor qaratildi. Tizim samaradorligini oshirish uchun yoshlarni kasbiy tayyorlashni takomillashtirish, ixtisoslashgan o‘quv muassasalarida ta’lim-tarbiya ishlari sifatini yuksaltirish, innovatsion yondashuvlarni joriy qilish, bu boradagi muammolarni ilmiy jihatdan tadqiq qilish zarurligi aytildi. Yoshlar tarbiyasini kuchaytirish borasida taklif va tavsiyalar bildirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech