Saf qo‘shiqlari jangovar ruh uyg‘otuvchi, vatanparvarlik hissini oshiruvchi, jamoaviy hamjihatlikni ta’minlovchi qudratga ega.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kunduzgi ta’limi 1-o‘quv kursi kursantlari o‘rtasida “Eng yaxshi saf qo‘shig‘i” tanlovi o‘tkazildi. O‘quv-dala markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda 9 ta otryad o‘zaro bellashdi.
Hakamlar hay’ati tomonidan har bir qo‘shiqning yakdil va jarangdor aytilishi, kursantlarning otyard tarkibida harakatlanishi, saf nizomi talablariga rioya etishi va boshqa mezonlar baholandi.
Tanlov yakunida birinchi o‘rin 6-otryad kursantlariga, ikkinchi o‘rin qizlar otyadiga va uchinchi o‘rin 5-otryad kursantlariga nasib etdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati