Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Faxriylar yoshlar huzurida

22 Avgust 2026, 18:55

106

Yoshlarning hayotda o‘z yo‘lini topishida katta avlod vakillarining o‘gitlari juda muhim.

IIV O‘quv-dala markazida akademiya kursantlari uchun tashkil qilingan “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiriga iste’fodagi general-mayor Tohir Mullajonov va iste’fodagi polkovnik Hasan Sarabekov taklif etildi.

Soha faxriylari o‘zlarining ko‘p yillik xizmat yo‘llari haqida so‘zlar ekan, kasb mas’uliyati, intizom, Vatanga sadoqat, mardlik tushunchalarining ahamiyatiga to‘xtaldilar. Akademiyaga endigina qadam qo‘ygan yoshlarga bilim olish, mustaqil o‘qib-izlanish, vaqtni qadrlash, ustozlar maslahatiga amal qilish, kelajak maqsadlar sari qat’iyat bilan intilish borasida tavsiyalar berdilar.

– Biz ham bir vaqtlar sizlar kabi yosh edik. Yillar davomida tajriba orttirdik. Hayotning eng katta sabog‘i shuki, inson o‘z ustida ishlashdan to‘xtamasligi kerak. Eng muhimi, har bir vaziyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarib, ustozlar o‘gitiga quloq tutish kerak, – dedi Tohir Mullajonov.

Suhbat davomida kursantlar ustozlarning xizmat va hayot yo‘lida orttirgan saboqlari va yosh xodim uchun muhim bo‘lgan fazilatlar haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech