Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Hamkorlik memorandumi amalda

23 Iyun 2026, 19:30

89

IIV akademiyasida ta’lim olayotgan magistratura tinglovchilari uchun Rossiya Federatsiyasi IIV Boshqaruv akademiyasida o‘quv kursi tashkil etildi.

O‘quv kursi davomida tinglovchilarning boshqaruv ko‘nikmalari va rahbarlik kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Malakali mutaxassislar tomonidan ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari faoliyatini tashkil etish, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi samarali kurashish, turli vaziyatlarda kuch va vositalarni muvofiqlashtirish, kadrlar bilan tizimli ishlash, raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan unumli foydalanish, strategik maqsad va vazifalarni ishlab chiqish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Tinglovchilar Boshqaruv akademiyasida yo‘lga qo‘yilgan ta’lim jarayonlari bilan tanishib, xalqaro tajribaning ilg‘or jihatlarini o‘rgandilar. O‘quv kursi yakunida vakillarimizga sertifikatlar topshirildi. Tadbirda ikki tomonlama hamkorlik doirasida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar kadrlar salohiyatini oshirish va zamonaviy rahbar kadrlarni tayyorlash, amaliyotdagi innovatsion yondashuvlarni ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlab o‘tildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech