Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Huquqbuzarlik qayerdan kelib chiqadi?

28 Sentyabr 2022, 09:09

832

Yoshlar muammolarini o‘rganish va samarali hal etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shunga qaramay, voyaga yetmaganlar tomonidan huquqbuzarlik sodir etish holatlari ham aniqlanmoqda.

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 208-sonli o‘rta umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbir voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga bag‘ishlandi. Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari jamoasi ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, joriy yilning olti oyi mobaynida respublikamiz bo‘ylab “Xavfsiz ta’lim muassasasi” tamoyili asosida voyaga yetmaganlarni o‘qish va foydali mashg‘ulotlarga jalb etish, nazoratsiz yurganlarni ijtimoiy-huquqiy yordam markazlari va o‘quv-tarbiya muassasalariga joylashtirish borasida tizimli ishlar qilingan. Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar tomonidan har bir o‘quvchi kesimida maxsus profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan.

Targ‘ibot tadbirida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar tahlil qilinib, bu kabi salbiy illatlarning huquqiy oqibati tushuntirib o‘tildi. Yoshlar ta’lim-tarbiyasida oila, o‘quv muassasasi va mahalla o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, voyaga yetmaganlar tarbiyasiga daxldor shaxslarga nisbatan mas’uliyatni kuchaytirish, yosh avlodni zararli odatlardan asrab-avaylash borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech