IIV akademiyasida Tezkor qidiruv departamenti bilan hamkorlikda davra suhbati o‘tkazildi.
Terrorizmga qarshi kurashish xizmati vakillari, soha mutaxassislari, ixtisoslik kafedralari professor-o‘qituvchilari va kursantlar ishtirokida o‘tgan tadbir yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga qaratildi.
Davra suhbatida mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish hamda diniy vaziyat barqarorligini ta’minlash omillari, yoshlar ongi va ma’naviyatini zaharlashga qaratilgan yot g‘oyalar, bunday xurujlardan himoyalanish yo‘llari haqida so‘z bordi.
Mutaxassislar diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikka rahna solayotgan omillarga to‘xtalib, yoshlarni hamisha ogoh bo‘lishga, internet tarmog‘i orqali tarqatilayotgan buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi ma’rifat bilan kurashishga, yurtimizga daxldor bo‘lishga, kasbiy fazilatlarni shakllanitirib borishga undadilar.
Tadbir davomida kursantlar diniy radikalizm bilan bog‘liq xavf-xatarlar va ularning oldini olish choralari xususida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati