Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan IIV akademiyasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida tashkil qilingan bellashuvda 31 ta jamoa ishtirok etdi. Ularga 20 ta savol yo‘llanib, yakunda shu asosda bilimdonlar saralab olindi.
Shunga ko‘ra, ayol xodimalar o‘rtasida “Jasorat sohibalari”, kursant qizlar o‘rtasida esa “Gortenziya” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati