Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Qizlar bilan muloqot

20 Mart 2026, 17:48

59

IIV akademiyasida kursant qizlarni turmushga tayyorlash, oilaviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.

Ma’lumki, oila avlodlar davomiyligini, yurt farovonligini ta’minlaydigan tarbiya o‘chog‘i sanaladi. Jamiyatda milliy qadriyatlarning mustahkam qaror topishi ham oilalardagi ma’naviy muhitga bog‘liq.

Davra suhbatida ayollarning oiladagi o‘rni, farzand tarbiyasidagi roli, kelajak avlodlarni barkamol inson etib voyaga yetkazishda onalar zimmasidagi vazifalar, ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan xotin-qizlar zimmasidagi burch va mas’uliyat haqida fikr almashildi.

So‘zga chiqqanlar sohada sharaf bilan ishlayotgan fidoyi ayollar misolida kursantlarga hayotiy maslahatlar berdilar. Shu bilan birga, reproduktiv salomatlikka rioya qilish, tibbiy madaniyatni oshirib borishning muhimligi, erta oila qurishning salbiy oqibatlari tushuntirib o‘tildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech