IIV akademiyasining safdor, serjant va ofitserlar tarkibi xodimlari bilan navbatdagi mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar shaxsiy tarkibning jangovar shayligi va kasbiy tayyorgarligini oshirish, xodimlar o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash maqsadida tashkil qilindi.
Shu kuni xodimlar jangovar qurollardan foydalanish, ularning texnik holatini tekshirish, qurollarni qismlarga ajratish va yig‘ish, qurol biriktirilgani to‘g‘risidagi hujjatni saqlash, favqullodda vaziyatlarda quroldan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, shuningdek maxsus vositalar va ularning vazifalari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
Mashg‘ulotlar davomida mutaxassislar tomonidan xodimlarga zarur tavsiyalar berildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati