Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Jinoyatchilikni jilovlash: amaliy ishlar ijobiy natija bermoqda

6 Mart 2026, 21:34

65

Prezidentimizning joriy yil 5-yanvardagi qarori mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va krimigogen vaziyatni barqarorlashtirishda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

IIV akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch va Xiva shaharlaridagi “Navbahor”, “Istiqlol”, “Sangar”, shuningdek Bog‘ot va Urganch tumanlaridagi “Oqtepa”, “Oyoqbog‘” mahallalarida bo‘ldi.

Manzilli o‘rganishlar chog‘ida “mahalla yettiligi” tizimi vakillari bilan muloqot qilinib, jinoyatchilikni jilovlash va aholi uchun xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan keng qamrovli ishlar muhokama qilindi.

Aytish joizki, shu kungacha akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan mazkur mahallalarda tizimli ishlar amalga oshirildi. Choraklik “yo‘l xarita”lar o‘rganilib, aniq chora-tadbirlarni qamrab olgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hududlarga 26 ta zamonaviy kamera, 19 ta tashvish tugmasi, 12 ta tungi chiroq o‘rnatildi. Ko‘p qavatli uylarning kirish-chiqish joylariga 20 ta domofon qo‘yilib, 30 ga yaqin obyektlar texnik qo‘riqlovga olindi. Kriminogen xavfi yuqori joylarga qo‘shimcha profilaktika inspektorlari va patrul guruhlar yo‘naltirildi.

Bundan tashqari, xonadonlarni o‘rganish jarayonida ijtimoiy profilaktika chora-tadbirlari amalga oshirilishi lozim bo‘lgan shaxslar aniqlanib, “mahalla yettiligi”ga biriktirildi. Mahalla guzarlari, tashkilot va muassasalarda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda 900 nafarga yaqin aholi qamrab olindi.

Ko‘rilayotgan amaliy sa’y-harakatlar natijasida “Sangar” “Oqtepa”, “Oyoqbog‘” mahallalarida joriy yil boshidan buyon jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa, “Navbahor”, “Istiqlol” mahallalarida kriminogen vaziyat bosqichma-bosqich barqarorlashtirilmoqda.

Akademiya boshlig‘i mahallalardagi uchrashuvlar chog‘ida “jinoyat o‘choq”lariga barham berish, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, aholi muammolarini o‘rganish, bandlik masalalarini hal qilish, shuningdek ijtimoiy profilaktika tadbirlarini samarali tashkil etish masalalariga e’tibor qaratdi. “Mahalla yettiligi” tizimi xodimlari va mas’ullarning takliflarini tinglab, tegishli tavsiyalar berdi.

O‘rganishlar yakunida “yo‘l xarita”lar ijrosini sifatli ta’minlash, mahallalarda “poytaxt namunasi” asosida amaliyotga joriy qilinayotgan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, kriminogen vaziyatni kunlik tahlil qilish orqali jinoyatlarning barvaqt oldini olish yuzasidan qator chora-tadbirlar belgilab olinib, ijroga qaratildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech