Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kiberjinoyatlarni tergov qilishga bag‘ishlandi

18 Fevral 2026, 12:39

110

Osiyo politsiya ta’lim muassasalari assotsiasiyasi (APTA)ga a’zo ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun onlayn mashg‘ulot tashkil qilindi.

Ma’lumki, xalqaro tashkilotning o‘tgan yil Indoneziyada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida hamkorlar o‘rtasida manfaatli aloqalar va tajriba almashinuvini kengaytirish, dolzarb yo‘nalishlarda o‘quv kurslari tashkil etishga kelishib olingan edi.

IIV akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan galdagi mashg‘ulotda Malayziya, Xitoy, Janubiy Koreya, Indoneziya, Pokiston, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlarning turdosh oliy muassasalari vakillari qatnashdi.

Onlayn muloqot tarzida o‘tgan mashg‘ulotda ishtirokchilar raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yordamida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularni tergov qilishning protsessual xususiyatlari, bu borada yuzaga kelayotgan ayrim muammolar, rivojlangan mamlakatlarda yo‘lga qo‘yilgan ilg‘or tajribalar, ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi zarur bo‘lgan yondashuvlar haqida fikr almashdilar.

Tadbir yakunida ko‘p tomonlama tajriba almashinuvini izchil davom ettirishga kelishib olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech