Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kitobga oshno inson zavol topmaydi

7 May 2026, 21:01

186

Yoshlar kunida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Bahodir G‘oibnazarov kitobsevar yoshlar bilan uchrashdi.

Turli jabhalarda mehnat qilayotgan yoshlar, o‘quvchi va talabalar, IIV akademiyasi kursantlari ishtirok etgan muloqotda kitobxonlik madaniyatining mamlakat taraqiyotidagi ahamiyati haqida fikr almashildi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan ezgu tashabbuslar kitobxon yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidor va salohiyatini munosib rag‘batlashtirish, jamiyatning ma’naviy qiyofasiini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani aytib o‘tildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Mahallalarda turli tanlovlar tashkil etish, kitobsevar oilalarni ko‘paytirish, bu boradagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish borasida vazifalar belgilab olindi.

Shu kuni yoshlar hayoti bilan bog‘liq ko‘plab masalalar mas’ullar tomonidan nazoratga olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech