Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kursantlarimiz sovrindor bo‘ldi

18 Fevral 2026, 11:32

129

11–15-fevral kunlari Jizzax viloyatida kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi.

Unda yurtimizning barcha hududidan turli yosh toifasidagi 700 nafarga yaqin sportchi “kick light”, “low kick” va “full contakt” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratini sinab ko‘rdi.

Mamlakat birinchiligida IIV akademiyasi kursantlari ham munosib qatnashdi. O‘z vazn toifalarida M. Davurov, M. Abdurahmonov, H. Qahhorov birinchi, D. Elov ikkinchi, E. Namazbayev, J. Qarshiboyev uchinchi o‘rinni egallab, sovrindorlar qatoridan joy oldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech