IIV akademiyasi magistraturasi tinglovchilari Chilonzor tumanidagi Vaziyatlar markazi faoliyatini o‘rgandi.
Sayyor mashg‘ulotda markazning asosiy vazifalari, zamonaviy imkoniyatlari, bu yerda yo‘lga qo‘yilgan ilg‘or tajribalar taqdimot qilindi.
* * *
Toshkent viloyati IIBB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i tinglovchilarga mashg‘ulot o‘tdi.
Unda axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlar, ularga qarshi samarali kurashish choralari, kiberxavfizlikni ta’minlash maqsadida tizim faoliyatiga joriy qilinayotgan raqamli yondashuvlar atroflicha yoritildi.
* * *
IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi vakillari ishtirokida mashg‘ulot o‘tkazildi.
Tinglovchilar boshqarmaning asosiy vazifalari, moddiy-texnik bazasi, maxsus operatsiyalarni tashkil etish, kuch va vositalarni samarali boshqarish yuzasidan ko‘nikmalarini boyitdilar.
* * *
O‘quv dasturi asosida navbatdagi mashg‘ulotga Angren va Nurafshon shahar IIBlari rahbarlari jalb qilindi.
Soha rahbarlari kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolar bilan ishlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarga to‘xtalib, tizimning faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati