Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Mahalla yanada obod va fayzli bo‘ldi

28 Mart 2026, 18:50

115

Xalqimizni rozi qilishga qaratilgan izchil islohotlar samarasi, avvalo, yurtimiz mahallalarida hukm surayotgan osoyishta va farovon muhitda namoyon bo‘lmoqda.

Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi “Mehrjon” mahallasida uyushtirilgan eko-hashar ham ana shu maqsadni ko‘zlagani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

IIV akademiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir davomida mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi uylar atrofi, ko‘chalar, ariq va yo‘llar obodonlashtirildi. Ko‘ngilli yoshlar atrof-muhitni chiqindilardan tozalab, yer maydonlariga ishlov berishdi. Mevali va manzarali daraxtlarni oqlab, hududlarni tartibga keltirishdi.

Hashar bahonasida ko‘makka muhtoj insonlar istiqomat qiladigan xonadonlar atrofi ham ko‘rkam hududga aylantirildi. Yo‘laklar begona o‘tlardan tozalanib, aholiga ko‘tarinki kayfiyat ulashadigan fayzli muhit yaratildi.

Ezgu tashabbus bilan yon-atrof, tabiat qayta jonlandi. Zero, yurt obodligi mahalladan boshlanadi, deya bejiz aytishmaydi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech