Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Mahalladagi ishlar hamjihatlikda tashkil etilmoqda

24 Fevral 2026, 11:26

102

Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, eng avvalo, yurtdoshlarimiz manfaatlariga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 5-yanvardagi qarori ham ana shu maqsadga qaratilgan.

Bu borada Qibray tumanining “Zebuniso” mahallasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Hududga biriktirilgan IIV akademiyasi vakillarining ma’lumot berishicha, mahalladagi 600 dan ziyod xonadonda uch mingga yaqin fuqaro istiqomat qiladi. O‘tgan yili 16 ta jinoyat qayd etilgan, shundan 7 tasi firibgarlik bilan bog‘liq.

O‘rganishlar davomida mahallaning kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan 3 ta “jinoyat o‘chog‘i” aniqlangan. “Mahalla yettiligi” tizimi xodimlari bilan birgalikda jinoyatchilik omillari tahlil qilinib, ularni bartaraf etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Tegishli tashkilot va muassasalarga taqdimnomalar kiritilgan.

Ma’lumki, mahalla profilaktikasida aholi muammolarini o‘rganish, oila-turmush doirasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ijtimoiy profilaktika obyektlari bilan manzilli ishlash, yoshlar jinoyatchiligiga barham berish muhim ahamiyat kasb etadi.

Manzilli o‘rganishlar chog‘ida mazkur yo‘nalishdagi ishlarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Targ‘ibot-tashviqot tadbirlari orqali fuqarolar, ayniqsa yoshlarning huquqiy madaniyati va ogohligini oshirish, hududlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hozirda mahallani jinoyatda xoli hududga aylantirish maqsadida aniq vazifalar belgilab olingan. Bunda “mahalla yettiligi” bilan samarali hamkorlikning o‘rnatilgani kriminogen vaziyat bilan bog‘liq har bir muammoni o‘rganish, manzilli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ijroga qaratishda ayni muddao bo‘lmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech