Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Ma’naviy ozuqa – vatanparvarlik tarbiyasining asosi

5 Mart 2026, 21:47

81

IIV akademiyasi kursantlari Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida bo‘lib, millatimiz fidoyilarining hayoti va faoliyati bilan tanishdilar.

Tadbir Prezidentimizning “...yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur”, degan da’vatlaridan kelib chiqib, kursantlarda vatanparvarlik ruhini yuksaltirish maqsadida tashkil qilindi.

Shu kuni yoshlar muzeydan joy olgan tarixiy qimmatliklar, mustabid tuzum davrida nohaq ayblangan vatandoshlarimizning ayanchli taqdiriga oid arxiv materiallarini ko‘zdan kechirib, mustaqillik, erk va ozodlik naqadar aziz ne’matligi, qatag‘on qurbonlari xotirasiga hamisha hurmat bajo keltirish bugungi avlodlarning ma’naviy burchi ekanligini yana bir bor his qildilar.

Bundan tashqari, Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh kursantlar O‘zbek milliy akademik drama teatrida namoyish qilingan “O‘zgalar dardi” spektaklini tomosha qilishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech