Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Manzilli ishlar samarasida xavfsiz muhit shakllanmoqda

26 Sentyabr 2026, 20:05

96

Prezidentimizning joriy yil 5-yanvardagi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlashga qaratilgan qarori asosida Navoiy viloyatida ham izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Qaror ijrosini sifatli ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari viloyatning uch yildan buyon “qizil” toifada qolayotgan 10 ta mahallasiga jalb qilingan. Ishchi guruh tomonidan hududlarning kriminogen vaziyati “ilmiy xulosa – tavsiya – natija” tamoyili asosida o‘rganilib, har bir mahallaning o‘ziga xos xususiyatlariga mos tajribalar yaratilmoqda.

Masalan, Karmana tumanining “Yangi ariq” mahallasidagi jinoyatlarning aksariyati cho‘l mintaqasi va chekka joylarda sodir etilgan. Shundan kelib chiqib kriminogen xavfi yuqori bo‘lgan hududlarga qo‘shimcha kuch-vositalar yo‘naltirilib, dron orqali kuzatuv yo‘lga qo‘yildi. Natijada, jinoyatchilik keskin kamayib, mahallaning kriminogen vaziyati barqarorlashdi.

Umuman, o‘rganishlar davomida mahallalarda so‘nggi uch yilda qayd etilgan 168 ta jinoyatning asl omillari tahlil qilib chiqildi. Jinoyatchilikning barvaqt oldini olish maqsadida 74 ta taklif-tavsiya ishlab chiqilib, “yo‘l xarita”larga kiritildi. Manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarga qo‘shimcha zamonaviy kamera va tashvish tugmalari o‘rnatilib, xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

Uyma-uy yurish orqali xonadonlardagi ijtimoiy-maishiy muhit o‘rganilib, aniqlangan ijtimoiy profilaktika obyektlari “mahalla yettiligi” tizimiga yo‘naltirildi. Shu bilan birga, aholi orasida keng qamrovli targ‘ibot ishlari olib borilib, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli 50 dan ortiq obyektning texnik qo‘riqlovga olinishi ta’minlandi.

Manzilli chora-tadbirlar natijasida biriktirilgan mahallalarning 3 tasi “yashil”, 5 tasi “sariq” toifaga o‘tdi. Hozirda “yo‘l xarita”lar ijrosi nazoratga olinib, jinoyat qayd etilgan ayrim hududlar bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech