Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

MEMORANDUM IMZOLANDI

3 Iyun 2026, 21:10

64

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Oliy sudlov akademiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbir avvalida tomonlar sud-huquq tizimi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’limga innovatsion yondashuvlarni keng tatbiq etish, ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Manfaatli hamkorlikning yo‘lga qo‘yilayotgani ta’lim sohasida o‘zaro tajriba almashinuvini kengaytirish, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, tizimdagi islohotlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o‘tildi.

Shundan so‘ng ta’lim muassasalari rahbarlari Rustam Xatamov va Sherzod Abduqodirov o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar.

Unga ko‘ra, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ta’lim jarayoniga ilg‘or tajribalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish, amaliyotdagi dolzarb muammolar bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish, ilmiy-tadqiqot natijalarini tomonlarning ilmiy jurnallarida chop etish, yangi avlod o‘quv fondlarini tayyorlash, qo‘shma tadbirlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni rivojlantirish kabi dolzarb yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Tadbir yakunida ikki tomonlama hamkorlikning mustahkamlangani sud-huquq tizimidagi islohotlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishi qayd etildi.

Aytish joizki, Odil sudlov akademiyasi davlatimiz rahbarining 2025-yil 21-avgustdagi farmoni bilan tashkil etilgan. Akademiya odil sudlov sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni kasbiy qayta tayyorlash, sudyalar hamda sud apparati xodimlarining malakasini oshirishga ixtisoslashgan ta’lim va ilmiy-uslubiy muassasa hisoblanadi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech