Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Metropoliten xavfsizligi – zamonaviy megapolis talabi

23 May 2026, 17:04

85

Toshkent metrosi bugungi kunda aholiga qulay, sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu transport vositasiga ehtiyoj yuqoriligi bois, metropolitenda xavfsizlikni ta’minlashga bo‘lgan talab ham oshib bormoqda.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Rustam Toshpo‘latov akademiya magistraturasi tinglovchilari uchun mashg‘ulot o‘tkazib, ayni yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga to‘xtaldi.

Mashg‘ulotda metropolitenda jamoat tartibini saqlash, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash, belgilangan hududlarni qo‘riqlash, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish, tezkor-qidiruv ishlarini olib borish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, tizimga joriy qilinayotgan zamonaviy “aqlli” texnologiyalar, kelgusidagi rejalar haqida so‘z bordi.

Shuningdek boshqarma boshlig‘i ichki ishlar organlari rahbarlariga qo‘yilayotgan talablar, tizim faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy yondashuvlari, xalqaro tajribaning muhim jihatlari, ichki ishlar organlarida boshqaruv samaradorligini oshirish omillariga to‘xtalib, tinglovchilar bilan muloqot qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech