Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Milliy adabiyotimizda katta maktab yaratgan betakror ijodkor

19 Mart 2026, 20:17

65

Xalqimizning suyukli farzandi Abdulla Oripov buyuk qalb va iste’dod sohibi edi. Hassos shoir hayot bo‘lganda, ayni bahor kunlari tabarruk 85 yoshga to‘lgan bo‘lardi.

IIV akademiyasida professor-o‘qituvchilar va kursantlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan adabiy-ma’rifiy kechada ardoqli ijodkorning hayot yo‘li yodga olindi.

Tadbirda O‘zbek tili va xorijiy tillar kafedrasi vakillari so‘zga chiqib, Abdulla Oripov shaxsiyati, uning o‘zbek she’riyatida tutgan o‘rni, buyuk so‘z san’atkori va jamoat arbobi sifatidagi serqirra faoliyati, ijodining yuksak ahamiyati haqida mulohaza bildirishdi.

Shoir she’rlarida Vatanni sevish, insonni ulug‘lash, umrning qadriga yetish, o‘zgalarga hamdard bo‘lishga undovchi da’vatkor kuch borligi, shu bois uning kitoblari katta-yu kichik adabiyot muxlislari tomonidan intiqib o‘qilishi aytib o‘tildi.

Tadbir davomida kursantlar ijodkorning turli yillar nashr etgan to‘plamlari, matbuotda e’lon qilgan maqolalari, tarjima asarlari haqida ma’lumotlar berildi. Xalqimizning milliy yuksalishida Abdulla Oripov she’riyati alohida o‘rin tutishi e’tirof etildi.

Shu kuni “Abdulla Oripov ijodi bilimdonlari” viktorinasi ham uyushtirildi. Ulug‘ shoirning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanish bo‘lgan yoshlarga kitoblar tuhfa qilindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech