Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yangiliklar qisqa satrlarda

24 Fevral 2026, 20:03

82

IIV akademiyasida Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi bilan hamkorlikda navbatdagi davra suhbati tashkil qilindi.

Magistratura tinglovchilari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tgan tadbirda mintaqaviy tahdid va xavf-xatarlar, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari, bu borada mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor jihatlari xususida fikr almashildi.

* * *

O‘quv dargohida IIV ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Tadbir chog‘ida o‘quvchilarga ta’lim jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berilib, yaratilgan zamonaviy sharoitlar tanishtirildi. Yosh avlodda kasbga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida “Hayot akademiyasi” filmi namoyish qilindi.

* * *

IIV akademiyasi vakillari tomonidan poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi 3-son umumta’lim maktabida huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi.

Tadbirda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning sog‘lom hayotga ta’siri, ular bilan muomala qilishning oqibatlari, bu kabi illatlar domiga tushib qolmaslik omillari hayotiy misollar bilan tushuntirib o‘tildi.

* * *

Sug‘urta kompaniyasi mutaxassislari bilan o‘tkazilgan uchrashuv IIV akademiyasi kursantlarining bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Tadbirda sug‘urta tizimining mazmun-mohiyati, huquqiy asoslari hamda ichki ishlar organlari faoliyatidagi ahamiyati haqida so‘z borib, kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech