IIV akademiyasining Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakulteti kursantlari o‘zaro bellashdi.
Savol-javob, jangovar qurollarni qismlarga ajratish va yig‘ish, 400 metrga estafetali yugurish bo‘yicha o‘tgan musobaqa yakunida “Lochin” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
* * *
Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 105-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida madaniy tadbir uyushtirildi.
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil qilingan tadbirda IIV akademiyasi orkestri va kursant qizlari tomonidan konsert dasturi namoyish qilindi. Maktab o‘quvchilari ijro etgan she’r, qo‘shiq va sahna ko‘rinishlari tadbirning yanada qiziqarli o‘tishiga xizmat qildi.
* * *
IIV akademiyasi kursantlari uchun Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetiga qarashli dala poligonida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida jangovar qurol va texnikalarning vazifalari, xususiyatlari, zamonaviy imkoniyatlari, ulardan samarali foydanish bo‘yicha ko‘nikmalar mustahkamlandi.
* * *
Ichki turizm doirasida IIV akademiyasi kursantlari poytaxtimiz bo‘ylab sayohat qilishdi.
Yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, madaniy hordiq olishini ta’minlash maqsadida tashkil qilingan sayohat davomida kursantlar diqqatga sazovor joylarda olgan qiziqarli taassurotlarini ingliz tilida bo‘lishib, erkin muloqotga kirishish ko‘rikmalarini oshirdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati