Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Oila instituti – jamiyat barqarorligi garovi

15 May 2026, 17:27

56

IIV akademiyasida oila qonunchiligini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro oila kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda adliya va prokuratura organlari vakillari, soha mutaxassislari, olimlar, tadqiqotchilar va kursantlar qatnashdi.

Tadbir avvalida akademiya boshlig‘i o‘rinbosari, siyosiy fanlar doktori, professor Nasiba Turg‘unova oila institutining jamiyat taraqqiyotida tutgan muhim o‘rni, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlash, aholining turmush farovonligini oshirish, oilalarni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning asosiy ustuvor yo‘nalishlari, ilmiy-anjumandan ko‘zlangan dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Konferensiyada Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori o‘rinbosari Alisher Yunusov, poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish bo‘limi mudiri Gulandom Mo‘minova, Jamoat xavfsizligi universiteti kafedra boshlig‘i Murod Choriyev, xususiy notarius Nodira Egamberdiyeva, IIV Malaka oshirish instituti dotsenti Gulsanam Ro‘ziyeva, akademiyaning Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi professori Nuriddin Qo‘ldoshev so‘zcha chiqdi.

“Nizoli oilalardagi voyaga yetmaganlarga kompleks ijtimoiy yordam ko‘rsatish muammolari va ularni hal qilishning innovatsion yondashuvlari”, “Nikoh tuzish tartibi va shartlarining o‘ziga xos jihatlari”, “Alimentlarni natura shaklida undirishning o‘ziga xos xususiyatlari”, “Meros huquqini amalga oshirish shakllarining huquqiy tartibga solinishi (vasiyatnoma)”, “Mustahkam oila – yurt tayanchi”, “Oila qonunchiligini takomillashtirishning o‘ziga xos jihatlari” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

Oila institutini mustahkamlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech